02.12.2013 17:42
Indoneziyada tuproq o`pirilishi natijasida 9 kishi halok bo`ldi
Qurbonlarning hammasi qirg`oqlari kuchli yomg`irlar oqibatida yuvilib ketgandaryo yaqinida yashagan. Tabiiy ofat qurbonlari orasida ikkidan o`n yoshgacha bo`lgan bolalar ham bor.
Eslatib o`tamiz, iyul oyida mamlakatdagi suv toshqinlari va er o`pirilishlari oqibatida
sakkiz kishihalok bo`lgan va o`ndan ziyodi jarohatlangan edi. O`shanda tabiiy ofat Molukk arxipelagiga qarashli Ambon oroliga to`g`ri kelgan. Kuchli jala yomg`irlari natijasida daryo sathi ko`tarilib, loyli oqimlar to`qqizta uyni olib ketgan, yana 30 ta uy qisman buzilgan.
May oyida esaIndoneziyaning Achex viloyatida istiqomat qiluvchi 30 mingdan ziyod aholi kuchli suv toshqinlari oqibatida boshpanasidan mahrum bo`lgan. Viloyatning ba`zi hududlarida besh kun yoqqan jala yomg`irlaridan keyin suv sathi 2,5 metrga ko`tarilgan. Ujung-Manik qishlog`ida suv 14 ta uyni yuvib ketgan. Simelue orolida besh yoshli bola kokos palmasi ostida qolgan.