AsosiyJamiyat

The Banker jurnali “Turonbankni” yil banki deya e`tirof etdi

29 noyabr kuni Londonda bo`lib o`tgan The Banker moliyaviy jurnalining tantanali taqdirlash marosimida Ochiq Aksiyadorlik tijorat "Turonbank" "2013 yil Banki" deya e`lon qilindi.

Bank rasmiy satidagi xabarlarga ko`ra, mazkur nominasiyadagi g`alaba bankning bu yilgi omadli faoliyatidan davlolat beradi. Turonbank yilning eng yaxshi banki deya e`tirof etilishiga sabab uning O`zbekiston iqtisodiyotida va moliya tizimidagi muhim roli bo`ldi.

Mazkur baho bankning bundan keyingi faoliyati rivojiga ham katta hissa qo`shadi. Ta`kidlash joizki, bu yil Turonbank uchun juda omadli keldi, mijozlar va xizmatlardan foydalanish soni ortdi, bank tomonidan yangi va aktual xizmatlar taklif etildi.
 

    Boshqa yangiliklar