O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboev 2017 yil 5-6 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`ladi.
O`zbekiston Prezidentining 5-6 sentyabr kunlari Qirg`izistonga davlat tashrifi chog`ida bo`lib o`tgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida ikki davlat rahbarlari o`zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo`yicha fikr almashadilar, deb yozadi O`zA.
Davlat rahbarlari Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan O`zbekiston va Qirg`iziston sanoat mahsulotlari ko`rgazmasiga tashrif buyuradilar.
Muzokaralar yakunlari bo`yicha Prezidentlar O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi o`rtasida Qo`shma deklarasiyani qabul qilishi kutilmoqda.
Tashrif doirasida turli sohalarda o`zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.






