1

​Shifo maslahat: “AQL” TIShNI OLDIRISh ShARTMI?”

Salomatlik 04.10.2017, 10:57
​Shifo maslahat: “AQL” TIShNI OLDIRISh ShARTMI?”
— Meni tish og`rig`i deyarli bezovta qilmasdi. Yaqindan boshlab “aql” tishim og`riydigan bo`ldi. Hamma uni oldirib tashlashni maslahat beryapti. “Aql” tishni davolab bo`lmaydimi? Albatta oldirish shartmi? U boshqa tishlarga o`xshamaydimi?

Shuhrat Murodov, Sirdaryo viloyati

Erkin RASULOV, stomatolog-shifokor:

— Anatomik jihatdan “aql” tishlari boshqa tishlarga nisbatan mo`rtroq bo`ladi. Ularni olib tashlash amaliyotda tez-tez qo`llaniladigan holat. Buni shu bilan izohlash mumkinki, “aql” tishlari chaynash jarayonida deyarli ishtirok etmaydi, ya`ni ularni yo`qotishning chaynash samaradorligiga u qadar ta`siri yo`q. Ayniqsa, yuqorigi “aql” tish jag` burchagida joylashgani tufayli ham sifatli davolashning qiyinligi yoki ko`pincha imkonsizligi uchun olib tashlanadi. Sifatli davolanmagan tish tez orada yana bezovta qilishi turgan gap. Pastki “aql” tishni esa imkon qadar davolashga, biroz bo`lsa-da umrini uzaytirishga harakat qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1