AsosiyDunyo

Shvesiyalik fuqaro tish og`rig`i tufayli qamoqdan qochdi

Shvesiyaning Venersborg shahrida mahalliy qamoqxona mahbusi stomatolog huzuriga borish uchun axloq-tuzatish muassasasidan qochgan.

Qamoqxona yaxshi qo`riqlanmagani bois erkak u erdan osonlik bilan qochishga muvaffaq bo`lgan. Bu erda jinoyati unchalik og`ir bo`lmagan mahbuslar saqlanadi.

51 yoshli erkak tishi juda og`riganini, biroq qamoqxonadagilar unga yordam berishdan bosh tortganini aytadi. “Yuzim shishib ketdi! Boshqa chiday olmasdim”, - deydi u.

Erkak shu yaqinatrofdagi stomatologiya kabinetiga boradi va u erda uning yallig`langan tishini
olib tashlashadi. Mahbus shifokor huzuridan chiqqanidan keyin polisiyaga borib, qamoqxonadan qochganini ma`lum qiladi, deb yozadi "Korrespodent" nashri.

Huquqni muhofazaqilish organlarining xodimlari uni yana axloq-tuzatish muassasasiga qaytargan. Qamoqxona vakillari qochgan mahbusga hayfsan e`lon qilib, uning qamoq muddatini
yana bir kunga uzaytirgan. 

    Boshqa yangiliklar