1

Kompyuterlar uchun eng ommabop operasion tizimlar e`lon qilindi

Hi-tech 04.12.2013, 10:37
Kompyuterlar uchun eng ommabop operasion tizimlar e`lon qilindi
Noyabr oyi yakunlari bo`yicha “Windows 8.1” operasion tizimi beshinchi o`rinni egalladi.

Birinchi o`rinda 46,64% ulush bilan “Windows 7” ketmoqda, undan keyingio`rinni o`z foydalanuvchilarini asta-sekin yo`qotayotgan (hozir - 31,22%, o`tgan oyda - 31,24%) “Windows XP” egalladi. Uchinchi pozisiyada “Windows 8” (6,66%) ketmoqda.

To`rtinchi o`rinni “Microsoft”kompaniyasining yana bir operasion tizimi “Vista” (3,57%) oldi. Keyngi o`rinlar esa quyidagi ketma-ketlikda taqsimlandi: "Windows 8.1” – 2,64%, “OS X 10.9
Mavericks” — 2,42%. Mazkur statistikani “Net Applications” keltirgan.

Aytish joizki, “WindowsXP”ning bozordan ketishi qiyin kechmoqda. Ushbu tendensiya 2014 yil bahorida ham saqlanib qolish-qolmasligi noma`lum: aprel oyida “Microsoft” ushbu OT uchun
“zaplatka”lar chiqarishni va uni qo`llashni to`xtatadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1