1

YuRIDIK KOLLEJIDAGI JANJALDA TAN JAROHATI OLGAN O`QUVChI ShIFOXONADA VAFOT ETDI

Jinoyat 06.10.2017, 17:38
YuRIDIK KOLLEJIDAGI JANJALDA TAN JAROHATI OLGAN O`QUVChI  ShIFOXONADA VAFOT ETDI

Toshkent Yuridik kolleji o`quvchisining vafot etganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB xabar qiladi:

2017 yilning 6 oktyabr kuni soat 10:05da, Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent yuridik kolleji hududida, mazkur kollejning 3-bosqich o`quvchilari – 2000 yilda tug`ilgan, Saidvoxidov Saidkamron Saidvali o`g`li, Parpiboev Asadbek Nodirjon o`g`li va 1999 yilda tug`ilgan Yorqoriev Rahmatilla Zufar o`g`li o`rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida o`zaro janjallashib, S.Saidvoxidov pichoq bilan A.Parpiboev va R.Yorqorievlarning chap oyoq son qismiga bir martadan urib tan jarohati etkazgan.

Natijada A.Parpiboev “chap son yuqori uchligi sanchilib kesilgan jarohati, faol qon ketishi” tashxisi bilan RShTYoIMga yotqizilgan va olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

R.Yorqorievga “chap son tashqi yuzasi sanchilib kesilgan jarohati” tashxisi bilan RShTYoIMda ambulator tibbiy yordam ko`rsatilib, uyiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o`lishiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1