1

44 MILLION SO`M PUL OLGAN FIRIBGAR QO`LGA OLINDI

Jinoyat 09.10.2017, 09:19
44 MILLION SO`M PUL OLGAN FIRIBGAR QO`LGA OLINDI

2017 yilning 19 may kuni, Burieva Roxila Lutfillaevna, o`zganing mulkini aldov va ishonchini suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, Yunusobod tumani hududida, fuqaro Nurbekov Zokirjon Rustamovichning ishonchiga kirib, unga “Spark” rusumli avtomashina sotib olishda yordam berishini bildirib, 44.000.000 so`m miqdoridagi pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya`ni ko`p miqdorda, o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va R.L.Burievani ushlash choralari ko`rilgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, R.L.Burieva aniqlangan va ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1