AsosiyDunyo

Amerikalik uysiz fuqaro o`z o`rnini $2 mingga egallashni taklif etyapti

AQShda uysiz Mayk Momeni o`zi ko`rsatadigan xizmatni reklama qilish uchun OAVga murojaat qildi.

62 yoshli uysiz fuqaro istagan kishiga o`z o`rnini uch kunga egallashni taklif etmoqda.
Buning uchun mijoz “bor-yo`g`i” 2000 dollar to`lashi kerak bo`ladi. 

Bu mijozlarga uysiz hayotning barcha jozibasini his etish, qo`lida mutlaqo hech nima bo`lmagani holda o`ziga ovqat va kiyim topishni o`rganish imkonini berishiga Momenining ishonchi komil.

Shuningdek u, AQShdagi uysizlar olamining eng yorqin shaxslari bilan tanishuvni ham kafolatlaydi. 

Hozircha, o`zini uysiz rolida sinab ko`rish uchun 2 ming dollar to`lashga rozi bo`lganlar topilgan-topilmagani noma`lum.

    Boshqa yangiliklar