1

Britaniyaliklar Filippinga $111 mln beg`araz yordam taqdim etdi

Dunyo 06.12.2013, 13:59
Britaniyaliklar Filippinga $111 mln beg`araz yordam taqdim etdi
Britaniyaliklar tomonidan Filippindagi tabiiy ofatdan jabrlanganlar uchun to`planayotgan beg`araz yordam 68 million funtga (111,5 mln.dollar) etdi.

Bu haqda mablag`lar to`plashni tashkil etgan Favqulodda vaziyatlarda shoshilinch chora ko`rish qo`mitasi ma`lum qiladi.

Mablag`lar umummilliy xayriya tadbiri boshlanganidan keyin bir oyga etmasdan to`plashga
muvaffaq bo`lindi. Hozir ham britaniyaliklar mamlakatning har bir bankida ochilgan maxsus hisob raqamlarga pul o`tkazishda davom etayotir. Qirolicha Elizaveta II dan o`rnak olgan holda shahzoda Chalz va uning rafiqasi Kornuol gersoginyasi Kamilla ham jabrlanganlarga yirik miqdordagi mablag`ni o`tkazgan.  

Ushbu mablag`lar filippinliklarni oziq-ovqat mahsulotlari, suv va vaqtinchalik boshpana bilan ta`minlashga yo`naltirilmoqda. Bundan tashqari, unga suv tozalash uskunalari va dori-darmonlar sotib olish ham rejalashtirilgan.

Britaniyaliklarning insonparvarlik yordamidan hozirgacha 800 mingga yaqin filippinlik foydalangani qayd etiladi.

Eslatib o`tamiz, yaqinda Filippinga yopirilgan “Xayyan” tayfuni meteokuzatuvlar tarixidagi eng kuchli dovulga aylandi. Uning oqibatida Filippin arxipelagining markaziy qismida joylashgan 10 mingta aholi punktida istiqomat qiluvchi 10 millionga yaqin kishi
jabrlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, mamlakatga etkazilgan umumiy zarar miqdori 10 milliard dollardan oshadi.

Hozir jabrlangan hududlarda tiklash ishlari olib borilmoqda. Tabiiy ofat oqibatlarini tezroq bartaraf etish uchun xalqaro hamjamiyat Filippinga insonparvarlik yordamini ko`rsatmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1