AsosiyJamiyat

​O`ZBEKISTON VA ROSSIYa RAHBARLARI SOChIDA UChRAShIShDI

'​O`ZBEKISTON VA ROSSIYa RAHBARLARI SOChIDA UChRAShIShDI'ning rasmi

Ayni damda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Rossiya Federasiyasining Sochi shahrida bo`lib turibdi.

Sammit doirasida Sochida turli davlat rahbarlari o`zaro uchrashuvlar o`tkazishmoqda. Shu jumladan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Prezidentlarining ham o`zaro uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

Rossiya rahbari suxbat avvalida Prezident Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga tashrifi yakunlariga ko`ra imzolangan kelishuvlar bo`yicha ikkala tomon ham faol ishlayotganliklarini qayd etdi.

“Ta`kidlashim joizki, bu kelishuvlar o`zining sezilarli natijalarni bermoqda. Agar o`tgan yil tovaraylanmasi sezilarli darajada kamaygan bo`lsa, bu yil ancha jadallashdi: ilk sakkiz oyda 20 foizdan ko`p. Demak yil ohirigacha bundanda ko`p bo`ladi. Qishloq xo`jaligi sohasida jiddiy va sezilarli o`sish kuzatilmoqda",

deya ta`kidladi Vladimir Putin.

O`zbekiston rahbari ham o`zaro kelishuvlar amalga oshirilayotganligini qayd etdi.

"Agar biz oldin strategik hamkor, ittifoqdosh munosabatda ekanligimizni faqat og`izda gapirgan bo`lsak, bu yil bu gaplar natija va mazmunan to`lib bordi. Juda ko`p kooperasiya, siz to`g`ri ta`kidladingiz, qishloq xo`jaligi, engil sanoat sohasida, harbiy-texnik masalalarda ham jiddiy o`sishlar kuzatilmoqda. O`ylaymanki, bugungi uchrashuvimiz ham kelishuvlarimiz amalga oshishiga xizmat qiladi",

dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari bugungi kunda birorta ham qolib ketgan yo`nalish yo`qligini qayd etdi.

"Bir yil avval biz hamkorlik qilayotganimizni ta`kidlardik, ammo tovar aylanmasi faqat gaz sohasida edi. Bugun esa ko`p sohalar bir-birini topmoqda, biznes, madaniy-gumanitar sohalarning ko`rinishi mutlaqo boshqa",

qayd etdi davlatimiz rahbari.

Boshqa yangiliklar