1

Chelyabinsk meteoriti ergacha 1,2 mln yil uchgan

Dunyo 06.12.2013, 16:07
Chelyabinsk meteoriti ergacha 1,2 mln yil uchgan
Shu yil 15 fevral kuni Rossiyaning Janubiy Ural hududiga tushgan bolid yirik asteroidning bir qismi bo`lgan.

U hozir ham Quyosh tizimida aylanib yurgan bo`lishi mumkin. Meteoritning o`ziErgacha 1,2 million yil uchgan. Xelsinki universitetining olimi Mikael Granvik ana shunday ma`lumotlarni e`lon qildi, deb yozadi Finlyandiya OAV. 

Tadqiqotchi erga tushgan meteoritning traektoriyasini superkompyuter yordamida hisoblab chiqdi va u boshqa osmon jismidan ajralib tushgan, degan xulosaga keldi. Xelsinki univrsiteti olimlarining fikricha, meteoritning yoshi 4,5 milliard yilni tashkil etadi. Ushbu osmon jismi Mars va Yupiter orasidagi asteroidli kamarda shakllangan. 

Yaqinda urallik olimlar bolid parchasida temirning oksidlanish mahsulotini, ya`ni zang topishgan. Demak, unda biroz miqdorda namlik bo`lgan bo`lishi mumkin. Geologlarning so`zlariga ko`ra, ushbu kashfiyot suv erdan tashqarida paydo bo`lgani haqidagi nazariyani qisman tasdiqlashi mumkin. Xususan, bu boradagi gipotezalardan biri bo`yicha aynan meteoritlar va kometalar suvni Erning dastlabki millioninchi yillarida olib kelgan.  

Bundan oldin olimlar Chelyabinsk bolidining asosiy parametrlarini tavsiflab o`tgandi. Xususan, meteorit chaqnashidan hosil bo`lgan yorug`lik quyoshnikidan bir necha marta kattaroq
bo`lgan. Bunda maksimal yorug`lik Er yuzasidan taxminan 30 km balandlikda qayd etilgan. Ekspert guruhining hisob-kitoblariga ko`ra, Chelyabinsk meteoritining energiyasi trotil ekvivalentida taxminan 500 kilotonnani tashkil etgan. Kosmik ob`ektning diametri esa 18
metr bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1