1

Erda chuchuk suvning yangi zaxiralari topildi

Dunyo 07.12.2013, 11:34
Erda chuchuk suvning yangi zaxiralari topildi
Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari olamshumul kashfiyot haqida e`lon qildi.

Ular okean tubida suvning ulkan zaxiralarini topishga muvaffaq bo`ldi, ularning hajmi sayyoradagi barcha chuchuk suvli ko`llardagi suv hajmidan besh baravar ko`p.
Ushbu kashfiyot avlodlarimiz uchun muhim hayotiy ahamiyatga ega bo`lishi mumkin.

Tadqiqotchi Vinsent Post Avstraliya, Xitoy, Shimoliy Amerika va Janubiy Afrika qirg`oqlaridagi chuchuk suv zaxiralarini 500 ming kilometr kubga baholamoqda. Olimning qayd etishicha, bu o`tgan yuz yillikda er osti rezervuarlaridan chiqarib olingan suv miqdoridan 100 marta ko`p.

BMT ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunda Er aholisining 40 foizi favqulodda chuchuk suv etishmovchiligi sharoitida yashamoqda. Hozir olimlar tomonidan kashf etilgan zaxiralar ushbu muammoni hal etishi mumkin. To`g`ri, tadqiqotchilar buning uchun qimmatga tushadigan va murakkab suv ostida burg`ulash ishlari talab etilishini aytmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1