1

TEATR MAVSUMI OChIQ, REPERTUAR BILAN TANIShTIRAMIZ!

Madaniyat 16.10.2017, 12:06
TEATR MAVSUMI OChIQ, REPERTUAR BILAN TANIShTIRAMIZ!

“UYG`ONISh” — KORRUPSIYaGA QARShI KURAShADI


Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatrining ijodkorlari yangi mavsumni yangi spektakl premerasi bilan boshladi...

Dramaturg Mengliboy Murodov o`zining “Uyg`onish” pesasida bugungi kunda ildiz otgan korrupsiya mavzusini ko`targan. Voqealar rivojida bosh qahramon ish va hayotidagi barcha masalalarni faqat pul bilan hal qilishga odatlangan inson. Uning bu “faoliyat”iga qarshi bo`lgan xodimlarni beshafqat jazolashga ham odatlangan. Spektakl rejissyori Mirza Azizov asardagi bu salbiy obrazni aktyor Dilmurod Uzoqovgaishonib topshirdi. “Qahramonimning poraxo`rligi tufayli begunoh bir inson tuhmatga qoladi. Shunda ham u, o`z aybiga iqror bo`lmay, qabih ishlarida davom etaveradi. Voqealar so`nggida adolat qaror topgan sahna asarimizdan, tomoshabinlar o`zlari uchun to`g`ri xulosa chiqarishadi " deydi aktyorning o`zi.

“Uyg`onish” spektaklida shuningdek, Qodirxon Rasulxonov, Feruza Mustafoeva kabi aktyorlar bosh rollarni ijro etishgan.

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi “Uyg`onish” shu oyning 13-20-21 sanalarida namoyish etiladi.
  • Teatr repertuarida “Osmondagi hulkarim”, “Dildagi dog`”, “Super qaynona-1-2”, “Asl xazina” kabi spektakllarni ham tomosha qilishingiz mumkin.

“SOYa” 14 YoShDAN KATTALAR UChUN

Bolajonlarni qiziqtirgan mavzularni sahna asarlarida namoyish etayotgan O`zbekiston davlat qo`g`irchoq teatriham yangi spektakllar ustida ijod qilishmoqda...

Ayni kunlarda “Fotimaning sarguzashtlari”, “O`jar quyoncha”, “Quloqsiz uloqcha” kabi spektakllarni taqdim etayotgan ijodkorlar, dramaturg Evgeniy Shvarsning mashhur asariga qo`l urishdi. “Soya” — 14 yoshdan kattalar uchun mo`ljallangan bo`lib, unda abadiy mavzular — rost va yolg`on, mehr va oqibat kabi qarama-qarshiliklarning o`zaro kurashini ko`rishingiz mumkin. Bosh qahramon — olim butun dunyoni baxtli qilishni istaydi. Biroq bu urunishlari oldida juda ko`p to`siqlarga duch kelganiga govoh bo`lishingiz mumkin. Yosh tomoshabinlar uchun qa`tiyatli bo`lish, oldiga qo`ygan maqsadiga erishishni o`rgatadigan sahna asari 15 oktyabrdan e`tiboran namoyish etiladi.

YaNGI REJISSYoRDAN KLASSIK SAHNA ASARI



Sentyabr oyida o`zining 49-mavsumini ochiq deya e`lon qilgan O`zbekiston davlat drama teatri bu yil o`zgacha ishtiyoq bilan ijodga bel bog`lagan...

O`zbekiston san`at arbobi, davlat mukofoti laureanti Olimjon Salimov yoz oyidan e`tiboranteatrning bosh rejissyori va badiiy rahbari etib tayinlandi. Rejissyor yangi jamoa bilan hamkorlik qilishda ishni klassikadan boshlamoqchi. U jahonga mashhur yozuvchi Karlo Galdonining “Ikki boyga, bir malay. (Trufaldino)” asarini teatrning bir qator professional aktyorlari bilan birgalikda sahnaga olib chiqishni rejalashtirgan. Ayni kunlarda ijodiy guruh repetisiyadan avval asarni o`qish ishlarini boshlashdi. Yangi sahna asarida yosh, uddaburon, ishbilarmon yigitning sarguzashtlari, uning o`z hayotini mazmunli qilish, baxtli bo`lish hamda boshqalarni ham baxtli qilish uchun kurashishini ko`rishingizmumkin.

“Ikki boyga, bir malay. (Trufaldino)” ning asosiy qahramonlari Trufaldino rolini — aktyor Po`lat Normatov, Pantalone rolini esa O`zbekistonda xizmat ko`rsatnan artist Matyoqub Matchanov gavdalantirishgan. Ushbu spektakl kuz oylarining so`nggi kunlarida premera qilinadi.

  • O`zbekiston davlat drama teatri oktyabr oyi davomida “Daho”, Atirgul qismati”, “Ming yillik hangoma”, “Gumroh”, “Sadoqat” kabi spektakllarni namoyish etadi.

Aliya SULAYMANOVA


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1