1

“Lamborghini” badavlat fermerlar uchun traktor chiqarmoqchi

Dunyo 09.12.2013, 10:57
“Lamborghini” badavlat fermerlar uchun traktor chiqarmoqchi
Qimmat superkarlar ishlab chiqaruvchisi bo`lgan afsonaviy “Lamborghini” kompaniyasi Hindiston bozoriga o`zining yangi traktorini chiqarishi haqida e`lon qildi.

Ushbu mashina 12 dekabrda sotuvgachiqariladi. U Hindistondagi qishloq xo`jalik yarmarkasida taqdim etiladi.

“Lamborghini” traktori er haydash uchun mo`ljallangan. Kompaniya uni boy fermerlar sotib olishiga umid qilmoqda.

Traktor  46,5 ot kuchiga ega bo`ladi, bu uni zamonaviy sharoitlarga juda yaqinlashtiradi.
Eslatib o`tamiz, qishloq xo`jalik texnikasini ishlab chiqish mazkur kompaniya uchun yangilik emas. Kompaniya o`z faoliyatining avvalida traktorlar ishlab chiqaruvchi korxona sifatida
ish boshlagan. “Lamborghini” asoschisi Ferruchcho Lamborgini esa bolaligida qishloqda yashagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1