AsosiyMadaniyat

​O`ZBEKISTONDA MADANIYaT VA SAN`ATNI RIVOJLANTIRISh JAMG`ARMASI TAShKIL ETILADI

'​O`ZBEKISTONDA MADANIYaT VA SAN`ATNI RIVOJLANTIRISh JAMG`ARMASI TAShKIL ETILADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasini tashkil etish to`g`risida qaror imzoladi.

Qaror madaniyat va san`at sohasidagi boshqaruv tizimida davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilindi.

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko`rsatayotgan byudjetdan tashqari Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi negizida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasini tashkil etish belgilandi.

Jamg`armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

“O`zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini ta`minlash;

moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yo`nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga ko`maklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy san`at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash;

xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va san`at sohasida xalqaro madaniy tashkilotlar va xayriya jamg`armalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va san`atga doir homiylikni rivojlantirishga ko`maklashish;

madaniyatlararo ijodiy muloqotni yo`lga qo`yish va o`zbek san`atining jahon badiiy va madaniy makoniga integrasiyalashuviga ko`maklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatdoshligi bilan bog`liq jihatlarni namoyish etish;

madaniyat va san`at sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan ta`minlash;

xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boshqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga ko`maklashish;

xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniy muassasalar qurish uchun moliyaviy mablag` va ko`mak berish;

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni kapital hamda joriy ta`mirlash;

xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlari bilan hamkorlikda loyihalarni birgalikda moliyalashtirishni tashkil etishni ta`minlash;

jahondagi ilg`or tajribalarni mamlakatimizda joriy etish bo`yicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va san`at sohasini moliyalashtirish bo`yicha rivojlangan davlatlar tajribasini o`rganish;

aholiga pullik xizmatlar ko`rsatish hajmini va O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi byudjet tashkilotlari fondiga tushumlarni ko`paytirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonunchilikda belgilangan manbalardan tushayotgan mablag`larni jamg`arishni ta`minlash;

ajratilayotgan maqsadli mablag`lardan to`g`ri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat o`rnatish;

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat ko`rsatayotgan xodimlarni moddiy rag`batlantirish va ijtimoiy himoya qilish bo`yicha tadbirlar uchun maqsadli mablag`lar ajratish.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar