Andijon shahri davlat soliq inspeksiyasining buyrug`iga asosan o`tkazilgan reyd tadbirida Asaka tumani Sarbontepa mahallasida yashovchi fuqaro Furqatbek Qosimov to`y marosimida xonandalik xizmati uchun 500 AQSh dollari olib, naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo`l qo`ygan.
Andijon shahri Sultonjo`ra mahalalsi Shoxruxmirzo ko`chasida yashovchi fuqaro Umidbek Zafarov to`y marosimida xonandalik xizmati uchun 300 AQSh dollari olib, naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo`l qo`ygan. Bu haqda DSQ axborot xizmati xabar berdi.
Andijon tumani Xortum mahallasida yashovchi fuqaro Rasuljon Mamajonov xonandalik xizmati uchun 200 AQSh dollari olib, naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo`l qo`ygan.
Ularga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik bayonnomasi tuzildi.
Prezidentning 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmonida “Tovar (ish va xizmat)lar uchun to`lovlarni chet el valyutasida amalga oshirish taqiqlanadi... tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar faqat milliy valyutada belgilanadi.”