AsosiySalomatlik

Madad-shifo: TORTILGANDA TORDEK ASABLAR...

'Madad-shifo: TORTILGANDA TORDEK ASABLAR...'ning rasmi

— Oxirgi paytlarda juda asabiy bo`lib qolganman. Tushkunlik holati ham fasl bilan bog`liq bo`lishi mumkinmi?

J.Dolimov. Qarshi sh.

Munira ALIEVA, shifokor-nevropatolog:

— Agar lohaslik, biror ishni qiyinchilik bilan bajarish, o`zingiz va yaqinlaringizga nisbatdan norozilik, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaslik, kelajakka ishonchsizlik kabi holatlar kuchayishini kuzatsangiz, odatiy vaqtdan bir soat oldin uxlashga harakat kiling. Ochiq havoda nafas oling va ko`proq sayr qiling, sport bilan shug`ullanishga alohida e`tibor bering. Iloji bo`lsa, ta`tilga chiqing yoki kamida bir hafta dam oling. Agar shunda ham asabiylik holati o`tmasa, mutaxassis shifokorga murojaat eting.

    Boshqa yangiliklar