Qo`l kaftining ustki qismi, oyoqning tovon sohasi hamda badan terisining ko`chishi odatda A va V2 vitaminlar taqchilligi bilan izohlanadi. Bu holda taomnomaga o`zgaritish kiritilsa, bas.
Agar teri ko`chishi qichishish bilan kechsa, dermatolog shifokor ko`rigi talab etiladi. Ehtimol muammo sababchisi zamburug`lardir?!
Qo`lingizni salgina turtib olsangiz ham, terida ko`kimtir iz qolayaptimi, bu qon quyilishi bilan bog`liq o`zgarishlarni anglatadi. Jigar ishidagi muammolarda ham terida ko`karish yuzaga kelishi mumkin. Aniq tashxis qon tahlilidan so`ng ma`lum bo`ladi.






