AsosiyDunyo

MISRDA TERRORChILAR POLISIYa XODIMLARINI O`QQA TUTIShDI: 54 KIShI HALOK BO`LDI

'MISRDA TERRORChILAR POLISIYa XODIMLARINI O`QQA TUTIShDI: 54 KIShI HALOK BO`LDI'ning rasmi

Misrning 54 nafar IIV xodimlari terrorchilar bilan Qohiraga yaqin bo`lgan hududda sodir bo`lgan otishmadan so`ng halok bo`lishdi.

Bu haqda mamlakatning xavfsizlik organlariga tayangan holda RIA Novosti xabar berdi. "54 nafar polisiya xodimi halok bo`ldi, ular orasida 20 nafar ofiser bor", — deyiladi xabarda.

20 oktyabr kuni polisiyachilar bir nechta teraktga aloqador jangarilarni xavfsizlantirish bo`yicha operasiya o`tkazishdi. Jangarilar cho`l hududida yashirinishgan edi. Operasiya joyida polisiyachilar o`qqa tutildi. Jangarilar og`ir quroldan o`q otishdi. Ayni damda operasiya yakunlangan, hududni tozalash ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar