Leylani Franko o`zining qayishqoqligi bilan hammani lol qoldirmoqda. U aqlga sig`maydirgan tryuklarni bajaradi, masalan dasturxondagi choynakni oyog`i bilan suza oladi. U yoshligidan Filippindagi Manila shahrida akrobatika va gimnastika bilan shug`ullanadi.
2014 yilda u uchta rekordini bajarib, Ginnes Rekordlar kitobiga kiritilgan. Choy damlayotganda Leylani chap oyog`i bilan qaynoq suvni, o`ng oyog`i bilan esa sutni soladi.

Bir daqiqada u 25 marta oyog`ini tanasi atrofida aylantirishga qodir. Hamma harakatlarni poshnasi baland tuflilarda bajaradi.

25 yoshli qiz Londonga ko`chib o`taganidan so`ng unga sirkda, klublarda ishlash uchun, festivallarda qatnashishi uchun ko`p takliflar tushadi.

Leylani nafaqat sportsmen, balki juda chiroyli qomat va husnga ega. Hozirgi kunda u Vestminster universitetida tahsil olmoqda.










