AsosiySalomatlik

Madad-shifo: “QORIN G`ULDIRAShI NIMADAN?”

'Madad-shifo: “QORIN G`ULDIRAShI NIMADAN?”'ning rasmi

— Ahamiyat bersam, so`nggi vaqtlarda qornim tez-tez g`uldirayapti. Ko`pchilikning oldida noqulay vaziyatda qolayapman. Buning sababi nima bo`lishi mumkin? Vaqtida ovqatlanaman yoki tana vaznimga bog`liqmikan?

Sardor Tursunov, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Taomnomaning o`zgarishi, hazm faoliyatining buzilishi, hatto asabiylik ham qorin g`uldirashini keltirib chiqarishi mumkin. Qorindagi “shovqin”ga baho berish uchun bir qancha holatlarga e`tibor qaratish lozim. Jumladan, jig`ildon qaynashi, oshqozonda og`irlikning sezilishi, g`uldirash kunning qaysi qismida ko`proq kuzatiladi? Shunga ko`ra kerakli muolaja buyuriladi. Dukkakli o`simliklar, karam, uzum va sut ham qorinda gaz hosil qilib, g`uldirashni paydo qiladi.

    Boshqa yangiliklar