Joriy yilning 23 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 864-sonli «Tadbirkorlik sub`ektlariga faqat «yagona darcha» tamoyili bo`yicha yagona markazlar orkali ko`rsatiladigan davlat xizmatlari ro`yxatiga qo`shimcha kiritish to`g`risida» gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, elektron raqamli imzo (ERI) kalitini ro`yxatga olish va sertifikat berish faqat «yagona oyna» markazlarida amalga oshiriladi. Aytish joizki, avvallari bu xizmat bevosita davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etilgan.
ESLATIB O`TAMIZ, ERI davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlari va tijorat banklari tomonidan ko`rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini beradi.






