“Istiqlol” konsert zalining ijarasi bir kunga 12–14 mln so`m turadi. Bunga qo`shimcha ravishda musiqachilarga, rejissyor, dekorasiyalar, sahna monitori, ovoz rejissyori va hokazolarga xarajatlar mavjud. Hammasini chiqarib tashlasangiz, foyda deyarli nol bo`ladi. Konsertga tayyorgarlik qariyb sakkiz oy vaqt oladi. Har bir soha – marketing, ijodiy qism, bezatish alohida e`tibor talab qiladi. Shu sababli konsertni daromad manbai deyii qiyin, ko`proq bu piar uchun kerak.
95% yalpi daromad milliy sektordan tushadi. San`atkorlar xalq talabiga qarab ish ko`radilar. Iqtisodiyotning oltin qoidasiga ko`ra esa, qaerda talab bo`lsa, o`sha erda taklif ham bo`ladi. Oqshomlar, to`ylar, tug`ilgan kunlar va boshqa tantanalar – real daromad manbalari mana shulardir. «Kommersant.uz» nashri o`zbek estradasi va kinosi yuduzlarining gonorarlari haqida ma`lumot to`plab taqdim etdi.
Eng talabgir ijrochilar sirasiga Shahzoda, Rayhon, Shohruhxon, Lola, Ulug`bek Rahmatullaev, Munisa Rizaeva, “Shahzod” guruhi, Ziyodani kiritish mumkin. Ular kuniga to`rt-sakkiz tadbirda qatnashadi. Gonorar ijro etiladigan qo`shiqlar miqdoriga bog`liq. Bir toifa artistlar borki, ular faqat tantanalarda qo`shiq kuylaydilar. TVda chiqmaydilar, klip olmaydilar. Ularning stavkalari 1 mln.dan 3 mln so`mgacha bo`ladi.
Musiqa
Yulduz Usmonova
Ko`p yillik tanaffusdan keyin Yulduz Usmonova yana o`zining muxlislarini shod etib, televizor ekranlarida namoyon bo`lmoqda. O`zbek estradasi yorqin yulduzini o`z ko`zingiz bilan ko`rish uchun esa, uning to`yda chiqishi 12,8 mln so`mdan boshlanishi bilib qo`yganingiz ma`qul.
DJ Piligrim
DJ Piligrim nomi bilan mashhur Ilhom Yo`lchiev o`z original uslubiga ega bo`lib, bir qancha janrlarni bir yo`lda jamlagan. DJ Piligrim O`zbekistonda klub madaniyati shakllanishiga kuchli ta`sir ko`rstagan – u o`zbek tilidagi ilk klub qo`shig`ining muallifidir. Artist chiqishi narxi – 10 mln so`mdan boshlab.
Farrux Zokirov
Dongdor xonanda va bastakor, “Yalla” guruhi asoschisi, O`zbekiston xalq artisti – u haqda uzoq so`zlash mumkin, ammo kuylashni boshlagach, barchamiz uni metr va o`zbek estradsi afsonasi deya ataymiz. Farrux Zokirov “O`zbekiston xalq artistlari klubi”ga rahbarlik qilishi san`atkor muxlislarini quvontirdi. “Yalla” ansamblining har bir qo`shig`i musiqa olamining ganjinasi sanaladi. Ular allaqachon mumtozik kasb etgan. Choyxonachi, choyingdan quy, biz esa jonli ijrodagi qo`shiqlar tinglaymiz. Farrux Zokirov ijrosidagi “Choyxona” 9,6 mln so`mga mehmoningiz bo`ladi.
Ozodbek Nazarbekov
Milliy estrada faxri. O`zbekiston Respublikasi xalq artisti, u nafaqat o`zining musiqiy jasorati, balki, endilikda, mamlakat ijod ahlini qo`llab-quvvatlashi bilan ham mashhur. Hozirda Ozodbek Nazarbekov O`zbekiston madaniyat vaziri o`rinbosaridir. Xonanda gonorari bir oqshom uchun kamida 9 mln. so`m.
Lola
Mashhur xonanda, qo`shiqlar muallifi va aktrisa Lola Yo`ldosheva – samimiy ijrochi va kuchli ayol. San`atkorni taklif etilgan yulduz sifatida tinglash sizga taxminan 6,5 mln. so`mga tushadi.
Shahzoda
Shahzodada sharqona oqilalik va ruhiy osudalik mujassam, aynan mana shu timsol muxlislar qalbini zabt etgan. San`atkorning chiqishi 5,1 mln so`m va undan yuqori.
Rayhon
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, o`zining ajoyib yakkaxon konsertlari bilan mashhur. Uning eng sodiq muxlislari yosh qizaloqlik davrida aytgan “Turnalar” qo`shig`idan buyon yaxshi biladilar. Xonandaning bitta chiqish uchun gonorari 5,1 mln so`mdan boshlanadi.
Ulug`bek Rahmatullaev
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, o`zbek yoshlari kumiri milliy xit-paradlar yuqori o`rinlarini egallab keladi. San`atkorning gonorari uning bandligiga qarab o`zgarib turadi. O`rtacha olganda, bitta chiqish kamida 4 mln so`m bo`ladi.
Ro`yxatni yana davom ettirish mumkin, chunki gonorarlarda qat`iy chegaralanish yo`q. Ko`pgina san`atkorlar, xalq talabi va imkoniyatidan kelib chiqib, kamroq pulga ko`proq joyga borishni afzal biladilar.
Kino
U alohida o`rin egallaydi. Bu erda daromad manbalari o`zgacha. Faoliyat sohasi ham butkul farq qiladi. Lekin estrada va kinoni alohida ko`rish xato bo`lardi – ular o`zaro chambarchas bog`liq.
Ulug`bek Qodirov
28 ta filmda suratga tushgan, eng talabgir aktyorlardan biri. “Telba” kinofilmi alohida shuhrat keltirgan. Aktyor taklif etilgan hamma kinofilmlarda ham suratga tushishga rozi bo`lavermaydi. Ulug`bekning gonorari bitta rol uchun kamida 21 mln so`m.
Alisher Uzoqov
Yosh aktyor “Uylanish” filmidan keyin shuhrat cho`qqisiga chiqdi. Aktyorlikdan tashqari, Alisher rejissyorlik bilan ham shug`ullanadi, ssenariylar yozadi. Artist filmografiyasi 37ta loyihadai 39 ta ishdan iborat. Gonorari taxminan 12 mln so`mni tashkil qiladi.
Adiz Rajabov
Buxorolik qobiliyatli bu yigit kino olamida o`z o`rnini topdi. O`zbek sahnasidagi eng istarali artistlardan biri. Aftidan, u har qanday obrazning uddasidan chiqa oladi: umidsiz romantikdan to ko`cha bezorisigacha. U 30 ta loyihada 30dan ziyod rollarda suratga tushdi. Artistning o`rtacha gonorari – 12 mln so`m.
Dilnoza Kubaeva
Tanqidchilar tomonidan eng iqtidorli akrtisalardan biri sifatida e`tirof etiladi. Uning kinodagi yorqin rollari “Telba”, “Jazo” kartinalarida bo`ldi. Kubaevani tadbirlar va tantanalarga olib boruvchi sifatida tez-taz taklif etishadi. Filmografiyasida 15 ta atrofida kartina mavjud. Aktrisaning o`rtacha gonorari 12 mln so`mga teng.
Zarina Nizomiddinova
Mashhur o`zbek aktrisasi, dongdor “Yalla” ansambli asoschilaridan bo`lgan Shahboz Nizamutdinovning qizi. Mahalliy kinematografiyaning eng faol aktrisalaridan biri. 2012 yilda “Volokolamskiy rubej” XKFda “Parizod” filmi uchun “Eng yaxshi ayol obrazi” mukofotiga sazovor bo`lgan. Uning bir film uchun gonorari – 7 mln so`m atrofida.