1

​TEATR OTLANDINGIZMI? ETIKET QOIDALARI BILAN TANIShING

Madaniyat 24.10.2017, 17:53
​TEATR OTLANDINGIZMI? ETIKET QOIDALARI BILAN TANIShING

Teatrga borish bayram! To`g`rimi? Demak, shunchaki bozor yoki sayrga otlangandek emas, chiroyli liboslarda tashrif buyuring. Bu kayfiyatingizni ko`tarishi aniq!

  • Zalga kirishdan avval ustki kiyimlaringizni garderobga topshirishni unutmang. Palto kabi og`ir kiyimlar tomosha jarayonida noqulaylik tug`diradi.
  • Spektakllarga kechikib bormang! Boshlanish vaqtidan 15-20 daqiqa avval teatrda hozir bo`ling. Kechikish boshqa tomoshabinlarning diqqatini bo`ladi.
  • O`tkir atir sepmaslikni tavsiya qilamiz. Bu yoningizdagi tomoshabinning allergiyasi sabab bo`lishi mumkin.
  • Farzandingiz bilan teatrga bormoqchimisiz? Avvalo, o`ylab ko`ring, bolangizning yoshi sahna asariga to`g`ri keladimi? Yana juda kichik bolalar bilan borish tavsiya etilmaydi. Ular injiqlik qilib, sizga, boshqa tomoshabinlar va aktyorlarga xalaqit berishi ehtimoldan xoli emas.
  • Joyingizga o`tib ketayotganda o`rindiqda o`tirganlarga yuzma-yuz holatda harakatlaning.
  • Telefonda yoki yoningizdagi kishilar bilan gaplashish, hayajonlaringizni baland ovozda oshkor qilish ham odobdan emas.
  • Spektakl tomosha qila turib, bodroq kabi turli eguliklar eyish o`zini hurmat qilgan kishiga yarashmaydi. Buni unutmang!
  • Eng muhimi, teatrga borishni odat qiling. Axir jonli ijrodagi sahna ko`rinishini, turli asarlar namoyishini tomosha qilish sizga zavq bag`ishlaydi, dunyoqarashingizni kengaytiradi, yangi g`oyalar tug`ilishi uchun xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1