1

HAYZ OG`RIQLARINI ENGILLAShTIRISh ChORALARI

Salomatlik 24.10.2017, 18:04
HAYZ OG`RIQLARINI ENGILLAShTIRISh ChORALARI

Qorin sohasini uqalash

Soat aylanasi bo`yicha o`ngdan char tarafga qaratilgan harakat bilan uqalanadi. Bu jarayonda qorinning pastki sohasidagi bezovtalik, bosim ancha engillashadi.

Parhez

hayz oldi kunlari hamda boshlanganidan so`ng og`ir hazm bo`luvchi, yuqori kaloriyali hamda yog`li mahsulotlarni cheklab turing. Eng ma`quli parhezbop eguliklar.

Jismoniy mashqlar

Badantarbiya, yoga, nafas mashqlari yordamida organizmingizdagi zo`riqish hamda og`irlikni bartaraf etishga erishasiz. Buning uchun 5-10 daqiqa vaqtingizni ayamasangiz kifoya.

Vitamin va minerallar

Og`riq davomli va o`tkir, so`nggi hayz davrlarida tez-tez takrorlanayotgan bo`lsa, shifokor ko`rsatmasi bilan magniy, kalsiy, V va E guruhi vitaminlaridan qabul qilishingiz mumkin.

Dorivor damlamalar

Maymunjon (murabbosi yoki quritilgan mevasi), limono`t (melissa), jo`ka (lipa) va bodrezak (kalina) o`simliklaridan tayyorlangan damlamalar ham og`riqni engillashtirishida asqotadi.

Uyqu holati

Mutaxassislar, embron holatida uxlash yoki shunchaki dam olish qorin mushaklaridagi siqilish (spazm)ni bartaraf etishda yordam beradi deyishadi. Sinab ko`ring.

Og`riq qoldiruvchi preparatlar

Agar og`riqdan tinkangiz qurib, halovangiz bo`lmayotgan bo`lsa, shifokor ko`rsatmasi bilan og`riqsizlantiruvchi preparatlarga murojaat etishingiz mumkin. Ammo miqdorini oshirib yubormang.

TAVSIYa ETILMAYDI!

Qorin ustiga issiq grelka qo`yish;

Moychechak damlamasini qabul qilish;

Spazmolitik guruhiga mansub preparatlar miqdorini oshirish;

Qorin sohasiga muz solingan sochiq qo`yish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1