AsosiyJamiyat

​EVROPA TIKLANISh VA TARAQQIYoT BANKI O`ZBEKISTON UChUN ILK IKKI LOYIHANI TASDIQLADI

'​EVROPA TIKLANISh VA TARAQQIYoT BANKI O`ZBEKISTON UChUN ILK IKKI LOYIHANI TASDIQLADI'ning rasmi

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Suma Chakrabarti O`zbekiston prezidenti nomiga maktubi yo`llab, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar kengashi O`zbekiston uchun ilk ikki loyihani bir ovozdan tasdiqlaganini Sizga ma`lum qildi.

Joriy yil mart oyida Toshkent shahrida O`zbekiston hukumati bilan Anglashuv memorandumi imzolanganidan so`ng bank vakillari tezkorlik bilan qator sarmoyaviy loyihalar ishlab chiqdi.

Yuqorida zikr etilgan ikki loyiha kichik va o`rta biznes, savdoni moliyalashtirishni qo`llab-quvvatlash uchun O`zbekiston Milliy bankiga ajratiladigan 100 million dollar qiymatidagi kredit liniyasi, shuningdek, meva sharbati ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Agromir" xususiy kompaniyasiga ajratiladigan 10 million dollarlik zayomdan iboratdir. Ushbu loyihalar bank tarmog`i, kichik va o`rta tadbirkorlik, agrobiznesni mustahkamlash orqali mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga salmoqli hissa qo`shishi kutilmoqda.

Shuningdek, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti hozirgi vaqtda u rahbarlik qilayotgan bank mutaxassislari moliya, qishloq xo`jaligi va sanoat tarmoqlarida, shuningdek, joylardagi infratuzilmani rivojlantirish bo`yicha ko`plab qo`shimcha sarmoyaviy loyihalar ishlab chiqayotganini, "Kichik biznes uchun maslahatlar" dasturini ham ishga tushirilganini ta`kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar