Evropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoev nomiga yo`llagan maktubda ETTB birinchi vise-prezidenti Fil Bennett va tavakkalchiliklar bo`yicha vise-prezident Betsi Nelsonning noyabr oyi boshida Toshkentga tashrif buyurishini aytdi.
Ushbu tashrif doirasida bank vakillari ETTBning Toshkentdagi vakolatxonasini rasmiy ravishda ochadi, O`zbekiston hukumati vakillari bilan qator uchrashuvlar o`tkazadi. Shuningdek, 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va izchil taraqqiyot masalalari bo`yicha oliy darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.






