AsosiyJamiyat

SAMARQANDDA TUNGI KLUBLAR BO`YIChA REYD O`TKAZILDI (VIDEO)

'SAMARQANDDA TUNGI KLUBLAR BO`YIChA REYD O`TKAZILDI (VIDEO)'ning rasmi

Samarqand huquq-tartibot muassasalari tomonidan bir qator tungi klub, restoran va internet-kafelarda reyd o`tkazildi. Bu haqda "O`zbekiston24" telekanali xabar berdi.

Tungi reyd natijalariga ko`ra, ayrim yoshlar kechki vaqtini asosan kafe-barlarda chilim chekish bilan o`tkazayotgani, hattoki spirtli ichimlik iste`mol qilayotgani aniqlangan. Voyaga etmagan yoshlar tungi vaqtda nafaqat bunday klublarda bo`lishi, balki bu muassasalarda mehnat faoliyati bilan shug`ullanayotgani ham qayd etilgan.

Ana shunday holatlar aniqlangan bir qator tungi klub rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Shuningdek, o`tkazilgan tekshiruvlarda mehnat qonunchiligi, sanitariya me`yorlari buzilgani qayd etildi. «Le Grand» tungi klubida esa klub rahbariyati raqqosa qizlarni turli behayo mazmundagi qo`shiqlarga yarim-yalang`och holda raqs tushishiga yo`l qo`ygan.


    Boshqa yangiliklar