O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`onning taklifiga binoan 2017 yil 25 oktyabr kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi.
Anqara shahridagi Esonbug`a xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni Turkiya Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Bekir Bozdag` va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi, deb xabar beradi
Aeroport ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan. O`zbekiston delegasiyasi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralar chog`ida O`zbekiston va Turkiya o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunlari bo`yicha davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti qabul qilinishi, O`zbekiston bilan Turkiya o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ishbilarmon doiralar o`rtasida o`zaro manfaatli aloqalar uchun qulay sharoitlar yaratish, sayyohlar almashinuvi va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishga qaratilgan ko`plab hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O`zbekiston delegasiyasining Istanbul shahriga tashrif buyurishi ham mo`ljallangan.
25.10.2017 15:31
ShAVKAT MIRZIYoEV TURKIYaGA KELDI






