Toshkentdagi milliy matbuot markazida "Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi ishlarining sarhisobi hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida fuqarolik nazorati mexanizmlari" mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
— Bundan besh yil avval ushbu kengash Xalq bilan Armiya o`rtasidagi ko`prik vazifasini o`tasin degan maqsadda tuzilgan edi, — deydi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliev. — Ota-onalarga mudofaa tizimida olib borilayotgan islohotlarni etkazish, armiya safidagi o`g`lonlar qalbida esa xizmatni faqat qandaydir imtiyozlarni qo`lga kiritish uchun emas, Vatanni himoya qilish sharaf ekanligi, bu xizmat har bir o`g`lonning burchi ekanligini anglash hissini uyg`otish vazifasi yuklatilgan.Mazkur kengash tomonidan “Askar kutubxonasi” deb nomlangan kitoblar seriyasi tashkil etildi. Shu paytga qadar sport chempionlari Ruslan Nuriddinov va Hasanboy Do`stmatovga bag`ishlangan ikkita kitob nashr etildi. Kelgusida “Temur Tuziklari” hamda Mahmud Tarobiy, Jaloliddin Manguberdi haqidagi kitoblar ham nashr etiladi. Shuningdek, “Turon xalqlari tarixi” kitobi ham shular jumlasidandir. Ushbu kitob yurtimizni4000 ming yillik harbiy san`atiga bag`ishlanadi. Bu kitobdagi manbaalar afsonalarga emas, tarixiy dalillar,ko`rgazmali qurollarga asoslangan. Mutaxassislarning fikricha ushbu kitobxalqimizni yurtimizning ko`p yillik tarixi bilan tanishtirish bilan bir qatorda mudofaachilarimiz uchun munosib qo`llanma ham bo`ladi.
Prezidentimiz tomonidan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashiga kelgusidagi samarali ishlarini amalga oshirish uchun 1 milliard so`m ajratildi.






