AsosiyJamiyat

«ChORSU»DA YO`QOLGAN QIZ ShIFOXONADA VAFOT ETDI

' «ChORSU»DA YO`QOLGAN QIZ ShIFOXONADA VAFOT ETDI'ning rasmi

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida tug`ilgan 27 yoshli aqli noraso qiz A.Payazova uyidan chiqib ketib, Toshkent shahridagi «Eski Juva» dehqon bozorida pista-qurt sotib yurib bedarak yo`qolgan, deb yozadi «Telegraf.uz».

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida A.Payazova joriy yilning 10 iyul kuni Olmazor tumanida tutqanoq (epilepsiya) kasalligi bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgani va shu erda vafot etgani aniqlandi.

23 oktyabr kuni marhumaning akasi M.Payazov surat orqali singlisini tanigan va xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilgan.

    Boshqa yangiliklar