O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`an ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
Matbuot anjumanida o`zbek va turk xalqlarining azaliy birodarligi alohida tilga olinib, so`nggi 20 yildagi tarixiy tashrif uchun Turkiya rahbari Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi.
"Barcha vazirlik va idoralarimiz har bir sohada O`zbekiston bilan biznes aylanmasini rivojlantirish bo`yicha kelishib olishmoqda", - dedi Rejep Tayyip Erdo`g`an.









