AsosiyJamiyat

SAMARQANDDA NURONIYLAR PAXTA TERIMIDA FAOL QATNAShMOQDA

'SAMARQANDDA NURONIYLAR PAXTA TERIMIDA FAOL QATNAShMOQDA'ning rasmi

Samarqandda nuroniy otaxon-onaxonlar tashabbus ko`rsatib, paxta terimida faol qatnashmoqda, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati. Xabarda aytilishicha, ular Past Darg`om va Payariq tumanidagi fermer xo`jaliklariga yordamga borib, barchaga namuna ko`rsatishyapti.

- Ko`pincha nafaqa so`rab mahalla idorasi oldida turgan ayol, erkaklarni ko`rsam jahlim chiqadi, - deydi Samarqand shahridagi Kattaqo`rg`on ariq mahallasida yashovchi Ubaydullo Yo`ldoshev. – Hozir bir kishi kun bo`yi bemalol 50-60 kilogramm paxta terishi mumkin. Bu esa bir kunda oilaga 25-30 ming so`m daromad degani. Ish haqining kuniga berilayotgani, ilg`or terimchilarga yog`, shakar, sovun va boshqa turdagi mahsulotlar ulushilayotganini aytmaysizmi. 17 oktyabrdan boshlab qo`lda terilgan har bir kilogramm paxta uchun 700 so`mdan to`lanadi. Axir bu har bir oilaga daromadini oshirish uchun juda yaxshi imkoniyat-ku. Shuning uchun terimchilarni yanada ruhlantirish va el xirmoniga o`z hissamizni qo`shish uchun dalaga otlandik.

«Nuroniy» jamg`armasi viloyat, tuman bo`limlarida ham faol nuroniylar jalb etilib, targ`ibot guruhlari tashkil etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar