1

Madad-shifo: OYoQ KO`P TERLASA...

Salomatlik 26.10.2017, 15:21
Madad-shifo: OYoQ KO`P TERLASA...

— Turmush o`rtog`imning oyog`i ko`p terlaydi. Bu holatni uy sharoitida qanday bartaraf etish mumkin?”

Sayyora Lutfullaeva, Samarqand shahri

— Agar oyoq ko`p terlasa, har kuni kaliy permanganat (suv pushti rangga kirguncha) qo`shilgan issiq suvga solib o`tirish tavsiya etiladi (oyoq vannalari). Vannadan keyin oyoq barmoqlari orasi va kaft terisini quritib, poroshok sepib qo`yiladi. Ertalab toza paypoqqa burishtiruvchi va dezinfeksiyalovchi moddalar, masalan, teng miqdordagi urotropin bilan talk aralashmasidan sepish tavsiya etiladi. Oyoq terisi quruqshab ketmasligi uchun unga oziqlantiruvchi kremlardan haftasiga 1-2 marta surtib turish lozim.

Shuningdek, paypoqlarni har kuni almashtirib turish kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1