1

​Madad-shifo: KAMQONLIKDA OVQAT RASIONI

Salomatlik 26.10.2017, 15:28
​Madad-shifo: KAMQONLIKDA OVQAT RASIONI

— Kelinim ikkinchi farzandiga homilador. Shifokorning aytishicha, kelinimning qoni belgilangan miqdordan kam ekan. Qaysi mahsulotlar qonni ko`paytiradi?

Dilorom Murodova, Qoraqalpog`iston Respublikasi

— Bu kasallikda haftada yoki o`n kunda bemor oshqozoni va ovqat hazm qilish yo`llarini yuvib-tozalab turish kerak bo`ladi. Buning uchun bir kecha-kunduz ovqat emay, chanqasa qaynatilgan iliq suv, so`ng bir litrcha sho`rtak qatiq zardobi ichiladi.
Kamqonlikda har kuni 100 grammdan chuchuk suzma (tvorog) eb turishning ham yaxshigina foydasi bor.
Shirinliklardan faqat asal, oqqand, shakar eyish mumkin. Qandolatchilik mahsulotlari, qahva, kakao, turli pishiriqlar iste`moli mumkin emas.
Bu xastalikka uchraganlar qattiq, suvi qochgan non eyishadi, ho`l meva, poliz mahsulotlari va sabzavotlarni ko`proq iste`mol qilishadi.

Nonushtadan sal oldin bir osh qoshiqda zaytun yoki pista yog`i ichish, ketidan bir dona uy tuxumini ilitib yutish yanada foydali.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1