AsosiyShou-biznes

AVAZ OXUNNING BAXT KALITI

'AVAZ OXUNNING BAXT KALITI'ning rasmi

“Psixologik portret”ning doimiy mutaxassisi Go`zal Ro`zmatova o`z hazillari bilan xalq mehrini qozongan so`z ustasi — Avaz Oxun bilan suhbatlashdi.

Go`zal Ro`zmatova: — Savollarim oddiy. Ammo javoblardan sizning hayotga bo`lgan qarashingiz va muammolarni qay yo`sinda hal etishingizni bilib olamiz.

— Tasavvur qiling, yo`l ustida ketyapsiz? U qanday?

— Bir tekis asfalt yo`l.

— Nima deb o`ylaysiz, kunning qaysi vaqti?

— Sahar vaqtida yo`lga chiqdim.

— Yo`lingizda to`siqqa duch keldingiz. U nimadan yasalgan?

— Temirdan.

— Undan qanday o`tmoqchisiz?

— Bir sakrab o`tib ketaveraman (kuladi).

— Yo`lingizda davom etasiz, oldinda esa o`rmon. Uni tasvirlab bering.

— Katta-katta darxatlari bor, uncha quyuq bo`lmagan o`rmon.

— O`rmon ichidagi kichik yo`ldan yuryapsiz. Kalitga ko`zingiz tushdi. U qanday va kalitni nima qilmoqchisiz?

— “Buratino” multfilmidagi katta kalit bor-u, o`sha. O`zim bilan birga olib ketaman.

— Endi esa siz chiroyli uy va hovuz yonidasiz...

— Birinchi hovuzda cho`milib, keyin uyga kirib, dam olaman.

— Uy ortida esa yana yo`l ko`rinyapti. U erda to`siqlar bormi? Uni qanday tasavvur etyapsiz?

—Sohilga olib boradigan, uzun yo`lak.

— O`sha payt kuning qaysi vaqti?

— Kunning ikkinchi yarimi, taxminan soat 14:30 lar...

Psixolog xulosasi

Go`zal Ro`zmatova: — Suhbatimiz avvalida tasvirlab bergan yo`l — sizning odamlarga bo`lgan munosabatingiz haqida so`zlaydi. Tekis asfalt yo`lda mashinalar yuradi, demak, sizning hayot tarzingiz ham ana shunday tez va serharakat o`tmoqda. Quyosh esa sizning reja, g`oya va maqsadlaringizni belgilab beradi. Quyosh chiqayotganda yo`lga chiqdingiz. Bundan bilish mumkinki, kelajakda orzularingiz amalga oshishini kutayapsiz. To`siqlardan esa omadsizlik naqadar yaqinligini taxmin qilish mumkin. Lekin siz ulardan sakrab o`tib, ortda qodirdingiz. Bu hayotdagi muammolarni juda oson engishingizni bildiradi. Menga gapirib bergan o`rmoningiz quyuq emas, quyosh nurlari tushib turibdi. O`rmon — ichki holatingiz ko`zgusidir. U qanchalik yorug` va keng bo`lsa, sizning ayni damdagi ichki olamingiz ham xuddi shunday holatda. Kalit, bu — baxt. Uning katta-kichikligi esa hayotingizdan qanchalik mamnun va baxtli yashayotganingizni anglatadi. Uyga kelganingizda tasvirlagan holatingiz sizga doim e`tibor va mehr kerakligini bildiradi. Uy ortidagi yo`l kelajagingiz bilan bog`liq xayollaringizdan so`zlayapti. U erda to`siqlarning yo`qligi esajuda yaxshi.

Aliya SULAYMANOVA


    Boshqa yangiliklar