AsosiyJamiyat

MEDVEDEV RASMIY TAShRIF BILAN O`ZBEKISTONGA KELADI

'MEDVEDEV RASMIY TAShRIF BILAN O`ZBEKISTONGA KELADI'ning rasmi

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev keyingi haftada rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keladi.

Medvedev O`zbekistonga bo`ladigan rasmiy tashrifi doirasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev bilan ko`rishib, MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashining yig`ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi hukumati sayti xabar bermoqda.

O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan o`tkaziladigan muzokaralar 2 noyabrga rejalashtirilgan. Kutilayotganidek tomonlar uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, jumladan, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, sanoat va qishloq xo`jaligi sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish, yirik qo`shma infratuzilma va yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirishni ko`rib chiqadilar.

Muzokaralar yakunida imzolash uchun bir qator korporativ, idoralararo va hukumatlararo hujjatlar tayyorlanmoqda.

3 noyabr kuni Toshkentda Medvedev Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar