1

Madad-shifo: MIYa KASALLIKLARINING OLDINI OLAMIZ

Salomatlik 26.10.2017, 15:59
Madad-shifo: MIYa KASALLIKLARINING OLDINI OLAMIZ

— Miya kasalliklarini davolashda qanday xalq tabobati usullaridan foydalaniladi?

Bahrom Xudoyorov, Surxondaryo viloyati

— Qon bosimi yuqori kishilar hayajonlanish, zo`riqish holatlariga barham berishlari kerak. Tabiat qo`ynida, tinch, osoyishta sharoitlarda yaxshilab dam olish, ko`proq sayr qilish tavsiya etiladi. Kuchli, yog`li, issiq mijozli ovqatlar tanovulini to`xtatish kerak, meva, sabzavot, engil taomlarnigina iste`mol qilish mumkin.

  • Insult kasalligiga olib boruvchi bosh miya qon tomirlarida qonning o`ta ravishda ko`payib ketganida uni engillatish uchun zuluk solish nihoyatda foydalidir.
  • Yangi sog`ilgan sigir sutini sovutmay ichilsa, miya javhariga kuch bag`ishlaydi, uni namli qiladi, badandagi rutubatlarni tozalab, miyaga bog`liq bo`lgan parishonxotirlik, melanxoliya, vasvasa kasalliklariga shifo bo`ladi.
  • Shirin bodomning yog`i iste`mol qilinsa, miyani sernam qilib, faoliyatini yaxshilaydi, miya pardalaridagi shishlarga, miyaning o`ziga, zotiljam kasaliga shifo bo`ladi.
  • Archaning ho`l bargi yoki urug`ini tuyib bog`lansa, miyadagi issiq shishni va hozirgi zamon tibbiyotida "meningit" deb ataladigan miya pardasi illatini davolaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1