AsosiySalomatlik

Madad-shifo: “HOMILADORMAN, AMMO KISTAM BOR...”

'Madad-shifo: “HOMILADORMAN, AMMO KISTAM BOR...”'ning rasmi

— Ikki oylik homiladorman, yaqinda UTT tekshiruvidan o`tish uchun borsam, bachadon bo`yni devorida kista borligi ma`lum bo`ldi. Davolovchi shifokorim farzand kutayotgan ayollar uchun mo`ljallangan preparatlar, bor deyishiga qaramay, xavotirdaman, kista homilaga nojo`ya ta`sir ko`rsatmaydimi?

A.Suyunova, Navoiy viloyati

Gulchehra TILLABOEVA, oliy toifali shifokor-ginekolog:

— Bo`lajak onada aniqlangan bachadon bo`yni kistasi homila o`sishi va homiladorlikning kechishiga to`sqinlik qilmaydi. Bunday holatlarda ayol xavotirga tushmasdan davolovchi shifokor nazoratida bo`lishi hamda kerakli tekshiruvlardan o`tib borishi lozim. Bachadon bo`yni kistasining kelib chiqishi yallig`lanish jarayonlari, infeksiya va servikal kanaldagi turli xil jarohatlar sabab yuz beradi. Kista tug`ruq payti xavfli emas, tug`ruqdan so`ng esa kerakli davo choralari olib boriladi.

    Boshqa yangiliklar