AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV «AShXOBOD SAYLGOHI»GA BORDI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV «AShXOBOD SAYLGOHI»GA BORDI'ning rasmi

Davlatimiz rahbari 28 oktyabr kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanida qurib bitkazilgan «Ashxobod saylgohi»ni borib ko`rdi, deb xabar beradi O`zA.


Shavkat Mirziyoev hududlarga tashrifi chog`ida shahar va qishloqlarimizda yashil hududlar maydonini kengaytirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta`kidlab, inson salomatligi hamda atrof-muhit uchun foydali bo`lgan daraxt va butalar turini ko`paytirish bo`yicha ko`rsatmalar bergan edi. Bunday bog`lar bugun yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy me`morchilik talablari asosida bunyod etilib, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda.

Umumiy maydoni 10 gektardan ortiq bo`lgan ushbu saylgohga kiraverishda katta favvora qurilgan. Bog`dagi xushmanzara daraxtlar, zamonaviy o`rindiqlar va boshqa qulayliklar kishi kayfiyatini chog` qilib, atrof-muhitga so`limlik baxsh etadi.

Prezidentimiz saylgoh atrofi, unga tutash hududlarni yanada obodonlashtirish bo`yicha topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar