AsosiyJamiyat

​TOShKENTDA ER USTI METRO LINIYaSI QURILIShI BOShLANDI

'​TOShKENTDA ER USTI METRO LINIYaSI QURILIShI BOShLANDI'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev mazkur qurilish bilan tanishdi, deb yozadi O`zA.


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan transport-kommunikasiya sohasini rivojlantirish va modernizasiya qilish, yo`lovchilarga zamonaviy transport xizmati ko`rsatishni kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholining talab va ehtiyojlari, poytaxtimizning kelgusi rivojlanishi inobatga olinib, Toshkent shahrida er usti xalqa metro liniyasini barpo etish bo`yicha ishlar boshlandi.

Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro yo`nalishining 50,5 kilometri balandligi 6 metrlik estakadalar orqali o`tkaziladi, 1,6 kilometri er ustida quriladi.

2017-2021 yillarga mo`ljallangan loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda Toshkent metropolitenining "Do`stlik" bekatidan Qo`yliq bozorigacha bo`lgan qismi quriladi. Uzunligi 11 kilometr bo`lgan ushbu qismda sakkizta bekat bunyod etilishi mo`ljallanmoqda.

Ikkinchi bosqich Qo`yliq bozori bilan "Olmazor" bekatini bog`laydi. Uchinchi bosqichda "Olmazor"dan "Beruniy" bekatigacha bo`lgan qism barpo etiladi. Keyingi bosqichda inshoot "Beruniy"dan "Bodomzor" bekatigacha quriladi, so`nggi bosqichda "Do`stlik" bekatiga ulanadi.

Ayni paytda estakadalar uchun monolit usulda beton ustunlar quyish ishlari boshlandi. Qurilish “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko`prik qurilish tresti” unitar korxonasi bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari qurilish jarayonini ko`zdan kechirdi.

Har tomonlama qulay, arzon va xavfsiz bo`lgan mazkur transport tarmog`i barpo etilishi poytaxtimiz uchun ulkan iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega, dedi Shavkat Mirziyoev. Toshkent shahrida transportga bo`lgan ehtiyojni ta`minlash, bu masalaga oqilona echim topish doimiy e`tibordagi masalalardan. Mazkur loyihani amalga oshirishda aholi uchun qulay bo`ladigan echimlarga tayanildi. Natijada metroning boshqa yo`nalishlari bilan oqilona bog`lash orqali shahar transporti yuklamasini engillashtirishga olib keladigan ushbu loyiha tanlandi.

Prezidentimiz aholiga qulaylik yaratish maqsadida yangi zamonaviy transport liniyasini 2020 yilgacha to`liq foydalanishga topshirish bo`yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar