AsosiyDunyo

100 YoShLI AYoL SUZISh BO`YIChA REKORD O`RNATDI

'100 YoShLI AYoL SUZISh BO`YIChA REKORD O`RNATDI 'ning rasmi

Inson zoti borki, nimasi bilandir boshqalardan alohida ajralib turadigan narsalar, voqea-hodisalarga qiziqadi, o`zi ham qaysidir jihati bilan boshqalardan o`zib ketishga intiladi. Aks holda, dunyoga mashhur “Ginnessning rekordlar kitobi” ham yuzaga kelmagan bo`lardi. Ushbu kitob rang-barang rekordlar hisobiga yil sayin qalinlashib, kengayib borayotir...

Kuch-g`ayrat shijoat, boringki, rekord ham yosh tanlamaydi. Sayyoramizda yuzdan oshib ham yoshlardan ko`ra ko`proq natija ko`rsatayotgan sportchilarni uchratib, yoqa ushlaysiz. Masalan, o`tgan yili insoniyat tarixida birinchi marta yaponiyalik 100 yoshli suzuvchi Miko Nagaoka 1,5 km.lik masofani suzib o`tdi. Mamlakatda 100-104 yoshlilar o`rtasida o`tkazilgan suzish musobaqasida Miko Nagaoka 1 soatu 16 daqiqa natijani qayd etib, dunyo rekordini o`rnatdi. Qoyilmisiz?



    Boshqa yangiliklar