AsosiyJamiyat

BUXORO ShAHRIDAGI POLIKLINIKALAR "ELEKTRON POLIKLINIKA" TIZIMIGA ULANDI

'BUXORO ShAHRIDAGI POLIKLINIKALAR "ELEKTRON POLIKLINIKA" TIZIMIGA ULANDI'ning rasmi

Buxoro viloyatidagi 11 ta birlamchi tibbiyot muassasasi “Elektron poliklinika” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.

Ushbu tizim «UZMEDINFO» elektron sog`liqni saqlash tizimini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Unga Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi hamda Buxoro shahridagi 10 ta oilaviy poliklinika ulangan.

Endilikda Buxoro shahridagi poliklinikalarda ham shifokor qabuliga elektron yozilish mumkin. Bunda bemor va shifokor vaqti tejaladi, ish samaradorligi ortib, rejali faoliyat tashkil etiladi. Ayniqsa, ushbu qulaylik yosh bolali onalar, homilador ayollar uchun katta qulaylik yaratadi.

“Elektron poliklinika” tizimiga ulangan barcha poliklinikalar zamonaviy axborot texnologiyalari, texnik uskunalar bilan ta`minlandi. Poliklinika qabulxonasi va shifokorlar xonasiga yangi kompyuterlar etkazib berildi.

Ayni vaqtda ushbu tajribani mamlakatimizdagi barcha oilaviy poliklinikalarga tatbiq etish bo`yicha keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar