O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari bo`lib ishlab kelayotgan Xo`janiyozova Shakarjon Yusupovna vafoti munosabati bilan hokimlikka ta`ziyanoma yo`lladi.
O`zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi Qahramon Quronboev Xorazm viloyati hokimining o`rinbosari Shakarjon Xo`janiyozovaning dafn marosimida Shavkat Mirziyoevning Xorazm viloyati hokimligi va Sh.Yu.Xo`janiyozovaning oila a`zolariga yo`llagan ta`ziyanomasini o`qib eshittirdi, deb xabar qildi hokimlik matbuot xizmati.
"Xorazm viloyati jamoatchiligi og`ir judolikka uchradi. Bevaqt o`lim ajoyib inson, mohir tashkilotchi, iqtidorli rahbar, mehribon ona Xo`janiyozova Shakarjon Yusupovnani 63 yoshida oramizdan olib ketdi", — deyilgan xabarda.
Elimizning qadrli farzandi, ajoyib inson, yurt ravnaqi va turmush farovonligi uchun tolmas kurashchi Shakarjon Xo`janiyozovaning porloq xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi".






