2017 yil 2-3 noyabr kunlari Rossiya Federasiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo`ladi.
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya delegasiyasini qabul qiladi.
Tashrif doirasida ko`p qirrali o`zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish, ularni aniq mazmun bilan boyitishning istiqbolli yo`nalishlarini muhokama qilish uchun hukumatlararo muzokaralar o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Dmitriy Medvedev, shuningdek, Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.






