1

Madad-shifo: OVOZINGIZ BO`G`ILIB QOLSA...

Salomatlik 31.10.2017, 14:15
Madad-shifo: OVOZINGIZ BO`G`ILIB QOLSA...

Sovuq suv ichish bo`g`iz (hiqildoq)ning o`tkir yoki surunkali shamollashiga sabab bo`lishi mumkin.

Quyida uy sharoitida laringitni davolash mumkin bo`lgan ayrim tavsiyalarni e`tiboringizga havola etamiz.

  • Piyozni qirg`ichdan o`tkazib, yarim litr qaynayotgan sutga soling, lekin qaynatmang! Suzgichdan o`tkazib, yotishdan oldin bir stakan iliq holda iching. Muolajani bir necha kun qaytaring.
  • Agar ovozingiz bo`g`ilib qolsa, 100 gr. sabzini yarim litr suvda qanatib, suzib olib, oz-ozdan iching. Laringitda karam sharbati bilan tomoqni chayish ham katta yordam beradi.
  • O`tkir laringitda quritilgan olmadan tayyorlangan qaynatma ham katta yordamchidir. Bu qaynatma kuniga 1-2 marta,issiq holda yarim stakandan asal qo`shib ichiladi.
  • Shamollash, o`tkir respirator kassaliklarning boshlanishida moychechakli iliq vanna qabul qilish yaxshi samara beradi. Buning uchun 400 gr. dorixonadan olingan moychechak gullarini 1 chelak qaynoq suvga solib, 1-1,5 soat tindiriladi, suzib olib, 38-39 daraja iliq suvli vannaga quyiladi. Vannani 10-15 daqiqa qabul qilish tavsiya etiladi.
  • Erqalampirni “olcha kattaligida “ mayda tug`rab 1/3 qaynoq suvga solib, 20 daqiqa tindiriladi, keyin 1 choy qoshiq shakar solib, suzib, iliq suvga 1 choy qoshiqdan qo`shib, 1 qultumdan 1 -2 kun davomida ichiladi.
  • Yutal va ovoz yo`qotishda karam barglaridan tayyorlangan qaynatma ham yordam beradi. Buning uchun bir nechta karam barglarini sovuq suvda yuvib, qaynatish lozim. Barglarni sovutib, har kun 3-4 mahal iste`mol qilish va ustidan karam qaynatmasini ichish lozim.
  • 1 choy qoshiq asalni qaynab turgan suvda past olovda 1 daqiqa qaynatasiz, sovutib tomog`ingizni kunida 2-3 marta chayasiz.
  • Sarimsoqni qirg`ichdano`tkazing, keyin asal bilan birga bir miqdorda aralashtiring. 1 osh qoshiq aralashmani kechqurun 1 stakan qaynoq suv bilan iching.
  • 4 osh qoshiq malina mevasini 0,5 l. suvga bir yarim soat damlang. Sovuting, 2 osh qoshiq asal qo`shib, yarim stakandan kunida 4 marta iliq tarzda iching.
    Erqalampir sharbatini birga-bir miqdorda asal bilan aralashtiring va uxlashdan oldin 1 osh qoshiqdan kunida 1-2 marta iliq suv bilan iching.

Darvoqe, har bir kasallikda uy sharoitida muolaja boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni unutmang!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1