11.02.2014 11:46
Jirafani o`ldirgan hayvonot bog`i xodimlari tahdid ostida qolishdi
Kopengagen hayvonot bog`ida 18 oyli Marius laqabli sog`lom va yosh jirafa odamlar ko`z oldida to`pponcha bilan otib o`ldirildi va sherlarga em qilindi. Bu qarorni bog` xodimlari Mariusni ikki yaqin qarindosh jirafalardan dunyoga kelgani bilan izohlashgan.
Hayvonot bog`ining ilmiy direktori Bent Xolstning aytishicha, dushanba kuni bog` xodimi va uning oilasiga turli tahdidlar kelib tushgan. Unga telefon orqali Xolst va uning oilasi o`limga loyiq ekanligini aytishmoqda.
Eslatib o`tamiz, Mariusning o`ldirilishiga minglab kishilar qarshilik ko`rsatishgan edi. 20 mingga yaqin kishilar ushbu qarshiklarga imzo chekishdi. Bir necha boshqa bog` ma`muriyati esa Mariusni ularga berishlarini ham so`rashgan. Shunga qaramay hayvonot bog`i xodimlari uni o`ldirishdi. Qarshi bo`lganlarga esa bog` ma`muriyati yaqin qarindoshlardan bo`lgan hayvonlarni yo`q qilish va boshqa erga berib yubormaslik kerakligi yozilgan Evropa ittifoqining reproduksiya dasturini ko`rsatishgan.