11.02.2014 11:53
“Bekatdagi odam” jurnalistlar muhokamasiga qo`yildi
Yangi filmda gavjum bekatlarning birida uch nafar begunoh inson hayotiga zomin bo`lgan haydovchi va uning aybini bo`yniga olgan ota haqida hikoya qilinadi. Kartinada farzandi va onasidan ayrilgan, turmush o`rtog`i ruhiy xastalikka chalingan bosh qahramon – Doniyorning ichki kechinmalari ochib berilgan.
Bekatdagi halokat baxtsiz tasodif bo`lmay, balki qonunbuzarlik ekani, farzandini jazodan qutqarish uchun otaning qilgan xatolari tomoshabinni o`ylashga, inson hayotining qadr-qimmati, mas`uliyat va odamiylik haqida fikr yuritishga undaydi.
Film O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi, rejissyor Zulfiqor Musoqov ssenariysi asosida postanovkachi rejissyor Timur Musoqov, postanovkachi operator Azizbek Arziqulov tomonidan suratga olingan. Postanovkachi rassom – Mariya Soshina. Bosh rollarni Yodgor Sa`diev, Sirojiddin Vafoev, Fatxulla Ma`sudov, Kristina Tairova ijro etgan.
Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.





