— Qizimning kuragida o`rtacha kattalikdagi toshma paydo bo`ldi. Suvchechak yoki qizamiqmikan, deya shifokorga olib borsam, allergik holatlarni inkor etib, gastroenterolog ko`rigidan o`tishni va qat`iy parhezni tavsiya etdi. Axir allergiyaga oshqozon-ichaklarning qanday aloqasi bo`lishi mumkin?
Odina Iskandarova, Buxoro viloyati
Rustam ZOKIROV, shifokor-dermatovenerolog:
— Savolingiz mazmunida farzandingizdagi o`zgarishlar to`liq aytilmagan. Shifokor ko`rigi esa allergiyani inkor etmayapti, aksinch,a teri holatida allergiya alomatlari mavjudligi e`tirof qilinmoqda. Toksidermiyalar (oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan allergik ta`sirlar)da toshmalar chegaralangan emas, balki tarqoq bo`ladi. Tashxisni aniqlashtirish maqsadida qonning umumiy va biokimyoviy tahlillari, axlat va peshob syuuqlik tahlili hamda zarur hollarda toshma yuzasidan surtma olinib, laboratoriya sharoitida tekshirilishi kerak.
Shuningdek, oshqozon-ichaklarning ulttaratovushli tekshiruvini bajarish ham maqsadga muvofiq bo`lib, muammo aynan nimada ekanligini fosh etishda asqatadi. Toshma qanday ko`rinishda bo`lishidan qat`i nazar, tashxis tasdiqlanmagunicha parhezga rioya etish tavsiya qilinadi.






